

“Benfika” chorak finalda. Aytish mumkinki, eng oson raqiblardan biriga duch keldik, ammo ular bu bosqichda o'ynashi bejiz emas. Harakat qilishimiz kerak. Ularga xurmat bilan munosabatda bo'lishimiz lozim. To'g'ri yondashuv orqali istagan narsamizni qila olamiz, ammo bu oson bo'lmaydi.
Joriy mavsumni futbolchilar, klub xodimlari va muxlislar uchun unutilmas lahzaga aylantirmoqchimiz. O'yindan zavq olish va unga bor kuchni berish zarur. Agar bu etarli bo'lmasa, kelasi mavsum ham bunga urinib ko'ramiz”, deydi niderlandiyalik.



