Van der Sar "Yuventus"ning yangi a'zosi de Ligtga omad tiladi

18 iyul 2019, 20:30
"Ayaks" bosh direktori Edvin van der Sar Matteys de Ligtning "Yuventus"dagi faoliyatiga omad tiladi.

"Qizil-oqlardan oq-qoralarga. Bu yo'l menga tanish! Matteys Turinda eng yaxshi damlarni o'tkazishingga tilakdoshman. "Yuventus" uni asra",  – deya van der Sar tvittyerdagi sahifasida 19 yoshli hamyurtiga omad tiladi.

O'z vaqtida Edvin van der Sar "Ayaks"dan "Yuventus"ga o'tgan va 1999-2000 yillarda turinliklar sharafini himoya qilgan.


O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/vdsar1970