Van de Bek jarohatdan tiklanish jarayoni haqida gapirdi

Sherzod Nurmatov
2 may 2023, 12:18
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek jarohatdan qachon tiklanib ulgurishini ma'lum qildi.

"Jarohatimni davolash bilan bandman, hammasi yaxshi ketmoqda. Qachon qaytishimni aytish qiyin, ishlar qanday kechishini ko'rishim kerak. 

Men sport zalida ko'p ishlayapman va maydonda bo'lishga yaqinman. Bu allaqachon yaqin".

26 yoshli niderlandiyalik futbolchi yanvar oyi boshida APL 19-turi doirasidagi "Bornmut"ga qarshi o'yinda tizzasidan jarohat olgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com