Van de Bek: "Ushbu mavsumda "Ayaks"da qolishim aniq"

Mirjalol Normatov
12 yanv 2020, 13:58
"Ayaks" yarim himoyachisi Donni van de Bek yozga qadar boshqa jamoaga o'tib ketmasligini aytdi.

"Oldin ham aytganimdek, yana bir bor takrorlayman: ushbu mavsum "Ayaks"da qolaman. Balkim, keyingisida ham shu yerda bo'larman. "Real" yoki "Manchester Yunayted" menga qiziqish bildirayotgani yaxshi belgi bo'lishi mumkin, biroq bu hech nimani bildirmaydi. "Ayaks"da qolaman, chunki bu klub menga yoqadi", - dedi van de Bek.

Uning "Ayaks" bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi. Ushbu mavsumda u jamoasi tarkibida 26 o'yinda qatnashib,  8tadan gol va assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Fox Sports