Van Dayk – YCHL finalining eng yaxshi futbolchisi

2 iyun 2019, 09:57
“Liverpul” himoyachisi Virjil van Dayk YCHL finalining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Laureatni UEFAning texnik kuzatuvchilari aniqlashdi. Kuzatuvchilar tarkibida Devid Moyes, Garet Sautgeyt va Roberto Martines singari mashhur murabbiylar ham o'rin olishgandi.

“Van Dayk maydonda yetakchilik qobiliyatini namoyish etdi va “Liverpul”ning eng yaxshi himoyachisiga aylandi. 

U muhim pallalarda raqibdan to'pni olib qo'yishning uddasidan chiqdi va butun uchrashuvni sovuqqonlik bilan o'tkazdi”, dedi texnik kuzatuvchilar guruhi rahbari Tomas Shaaf.

O'xshash yangiliklar


Manba: УЕФА расмий сайти