Van Dam, Monson va Emelyanenko ishtirokidagi shouni yoritish eksklyuziv huquqi championat.asia saytiga berildi!

Aziz Tukhtamuradov
7 avg 2017, 14:47
9 sentyabr kuni "Bunyodkor" stadioni katta bir shou kechasiga mezbonlik qiladi.

Xabaringiz bor, "Asian Fight 2017" shou oqshomiga dunyo yulduzlari, Djeff Monson, Jan Klod Van Dam va Fyodor Emelyanenko tashrif buyuradilar.

Shu munosabat bilan turnir tashkilotchisi “Sunrise Entertainment” kompaniyasi va O'zbekiston Penchak Silat Federatsiyasi shouni yoritish eksklyuziv huquqini "Championat.asia" hamda "Olamsport.com" saytlariga taqdim etdi.

9 avgustdan boshlab, 9 sentyabrga qadar bir oy davomida mazkur tadbirga oid eng qiziqarli ma'lumotlarni faqat bizning saytimizda kuzatib borishingiz mumkin bo'ladi.

Shuningdek, mazkur loyiha asosida 20ta chipta sayt o'quvchilari o'rtasida o'ynaladi. G'oliblar, yilning eng esda qolarli shousini jonli tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia