

"Liverpul" himochisi Niderlandiya termasi sardori hisoblanadi, ammo van Bastenning fikricha, van Deykning harakatlari uning maqomiga mos kelmayapti.
"U hech qanday aniqlik kiritmayapti. Yaxshi yetakchi fikrlarini xotirjam izohlaydi, tushuntiradi.
U esa o'zini yo'qotib, ko'proq vahima qilyapti. U shovqin ko'tarmoqda, ammo aytarli hech nimani gapirmayapti", – dedi Niderlandiya termasi sobiq futbolchisi "Ziggo Sport" efirida.



