"Valyadolid" "Real" futbolchisini ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
23 avg 2024, 19:21
"Real" yarim himoyachisi Mario Martin mavsum oxirigacha "Valyadolid" sharafini himoya qiladi.

Martin – "qaymoqranglilar" tarbiyalanuvchisi. 20 yoshli ispaniyalik o'tgan mavsum La Ligada ikkita, Ispaniya Kubogida bitta o'yin o'tkazdi. Martin asosan "Kastilya" tarkibida harakat qilgan (27 ta o'yin).



Eslatib o'tamiz, "Valyadolid" Ispaniya chempionati ilk turida Kataloniyaning "Espanol" jamoasi ustidan minimal 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: realmadrid.com