Valverde terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilar bilan mashg'ulot o'tkazmoqchi bo'ldi, ammo hech kim kelmadi

Tolibjon Qosimov
22 mar 2019, 21:47
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde xalqaro o'yinlar sabab yuzaga kelgan tanaffusda mashg'ulot o'tkazmoqda.

Asosiy jamoa futbolchilariga bir haftalik dam berilgan edi. "Record"ning ma'lum qilishicha, 55 yoshli ispaniyalik terma jamoasiga chaqirilmagan o'yinchilarga qo'ng'iroq qilgan va kim istasa mashg'ulotga kelishi mumkinligini aytgan.

Xabar qilinishicha, mashg'ulot dushanba kuni ham, seshanba kuni ham o'tkazilmagan. Chunki, o'yinchilardan hech biri unga kelmagan.

"Ko'k-anorranglilar" tarkibida Kevin-Prins Boateng (Gana), Kleman Langle (Fransiya) va Malkom (Braziliya) o'z milliy jamoalariga chaqirilmagan. Jerar Pike esa Ispaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Record