Valverde Messi haqida: “U har safar to'pga tekkanda qandaydir o'ziga xos narsa sodir bo'laveradi”

30 okt 2019, 09:15
“Barselona” bosh murabbiyi Leo Messi haqida gapirdi.

“Nima deyish mumkin yana? Tariflashga til ojiz. Qanday o'yin bo'lmasin, Messi o'zini eslatib qo'yadi. U qiyoslab bo'lmas iqtidorga ega. U har safar to'pga tekkanda qandaydir o'ziga xos narsa sodir bo'laveradi. Men shunchaki nima deyishni bilmayapman”, - deydi Valverde.

Ma'lumot uchun, Messi La Liga 11-turi doirasida “Valyadolid” qarshi bahsda 2 ta gol urib, 2 ta golli uzatma berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca