Valverde Mbappega tarif berdi

Mirjalol Normatov
9 may 2025, 22:57
"Real" futbolchisi Federiko Valverde jamoadoshi Kilian Mbappening jamoadagi ilk mavsumi haqida gapirdi.

"Kilian Mbappe - dunyodagi eng yaxshi futbolchilardan biri. Istalgan futbolchiga yangi jamoasiga moslashishi uchun vaqt kerak bo'ladi. U ilk kunlardanoq jamoaga moslashib oldi.

Undan mamnunmiz, u juda yoqimli inson", - dedi "Real" yarim himoyachisi.

Mbappe "Real"dagi debyut mavsumida LaLiganing 30 o'yinida 24 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca