Valverde: "Manchester Siti" kabi o'ynamoqchimiz"

Mirjalol Normatov
25 may 2020, 20:27
"Real" yarim himoyachisi Fede Valverde YCHL 1/8 finali doirasida "Manchester Siti"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Professional bo'lish kerak, to'g'ri harakatlanib, o'z haqimizda o'ylashimiz lozim. Koronavirusni birgalikda bartaraf etamiz. Gap birgina jamoa emas, butun bir mamlakat haqida ketmoqda.

Yigitlar mashg'ulotga qaytganidan mamnun bo'lishmoqda. Ular ham o'yinlar boshlanishi sabrsizlik bilan kutishyapti.

"Manchester Siti"ning o'yinini ko'ryapsizmi, biz ham ular kabi o'yin ko'rsatib, o'z qurolini o'ziga ishlatib, g'alaba qozonmoqchimiz. G'alaba qozonish ishtiyoqi "Real"ni hech qachon tark etmaydi. Biz g'alaba uchun barcha ishni qilamiz", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Marca