Valverde "Barselona"ning ushbu mavsumdagi maqsadini ma'lum qildi

26 yanv 2019, 23:22
"Barselona" bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi o'yinlaridagi rotaciya, shuningdek, klubning mazkur mavsumdagi rejalari haqida fikr bildirdi.

"Hozir "Jirona"ga qarshi yakshanba kuni o'tkaziladigan bahs biz uchun muhim ahamiyat kasb etadi. KO'ramiz, bundan keyin nima bo'larkin. Ko'pchilik rotaciya to'g'risida gapirmoqda. Lekin, asosiy tarkib futbolchilari jamoa mag'lubiyatga uchrayotganida maydonga tushadi. O'tgan mavsumda Ispaniya kubogining "Selta" va "Espanol"ga qarshi uchrashuvlarida tarkibni sezilarli o'zgartirdik va faqatgina ikkinchi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng ko'pchilik buni  eslab qoldi. "Sevilya" bilan o'yinda himoya chizig'i kuchli edi. Hujumda biroz o'zgarishlar qildik. O'tgan yili ham xuddi shunday tarzda Ispaniya kubogini qo'lga kiritganmiz. "Sevilya"ga qarshi bahsda qoniqarsiz natija bo'ldi. Javob uchrashuvida vaziyatni o'nglashga harakat qilamiz.

Ushbu mavsumda biz uchun asosiy turnir albatta LaLiga hisoblanadi", - deya Valverdening so'zlarini keltiradi Sport.es nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sport.es