

Valverde bu haftada o'yinlar har 3 kunda o'tkazilishini hisobga olib, ertaga "Mursiya"ga qarshi bo'lib o'tadigan Ispaniya Kubogi uchrashuvida ikkinchi tarkibni maydonga tushirishga qaror qildi va 7 nafar futbolchiga dam olish imkoniyatini berdi. Ular Lionel Messi, Mark-Andre ter Shtegen, Serxio Buskets, Andres Inesta, Luis Suares, Paulino va Samuel Yumtiti.



