Valverde "Barselona"da Inestaning o'rnini bosadigan ikki nafar futbolchi borligini aytdi

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 17:10
Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta jamoani tark etadi.

Kataloniya klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde uning o'rnini bosa oladigan futbolchilar borligiga ishonadi.

"Inestaning vorislari? Bizda Alenya va Koutinolar bor. 2017 yilning yozida "Barselona" Neymarni yo'qotdi, bu esa falokatga tenglashtirildi. Biroq Andres borasidagi holat ancha vaqt oldin ma'lum bo'lgandi va biz bunga tayyorlanib yurgandik", - dedi Valverde.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana