Valverde: “15 kun ilgari trebl haqida o'ylayotgandik. Ammo...”

26 may 2019, 08:04
“Barselona” bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi finalida “Valensiya”ga (1:2) qarshi bellashuvdan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-“Valensiya”ning “quroli” qarshi hujumlar. Ular bugun bundan samarali foydalanishdi. 

Bir oy oldin Ispaniyada chempionlikni nishonladik va treblga erishishimiz haqida bosh qotira boshlagandik. Juda katta niyatlar qilgandik, ammo o'xshamadi. Hal qiluvchi vaziyatlarda omadimiz kelmadi va yakunda yilni yagona sovrin bilan yakunlashga majburmiz.

O'zimni yaxshi his qilayapman. Albatta, sovringa erishsang o'zingni yanada baxtliroq his qilasan. Tushunuman, “Barselona”da mag'lubiyatdan keyin   eng qiyin holat murabbiylarda bo'ladi. Chunki ular qayerdadir xatoga yo'l qo'ygan bo'lishadi. 

Futbolchilari maydonda g'alaba uchun harakat qilishdi. Finalda bitta maqsad uchun maydonga tushgandik. Ha, mag'lub bo'ldik. Ammo bu qandaydir bosim yoki ruhiy muammolar sababli emas...

-Rahbariyatda sizga bo'lgan ishonch yo'qoldi, deb o'ylaysizmi?

-Bu haqda hech narsa deya olmayman, -dedi kataloniyaliklar murabbiyi.



O'xshash yangiliklar


Manba: El Chiringuito TV