"Valensiya" klubi bosh direktori ishdan bo'shatildi

8 noya 2019, 04:24
Bu haqida "ko'rshapalaklar" rasmiy sayti ma'lum qildi.

Klub bosh direktori Mateu Alemani o'z lavozimidan ozod qilingan. Shu munosabat bilan "Valensiya" matbuot xizmati Alemaniga klubga nisbatan ulkan sadoqati, jamoa rivojidagi say-harakatlari va barcha yutuqlar uchun minnatdorchilik bildirdi.

Avvalroq, Ispaniya OAVlarida Alemani klub xo'jayini Piter Lim bilan murosaga kelolmayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Eslatib o'tamiz, "Valensiya" Mateu Alemani boshqaruvi ostida qatorasiga 2 marta Ispaniya chempionatini kuchli to'rtlikda yakunladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: valenciacf.com