"Valensiya" "Bavariya" bilan amerikalik forvard uchun kurashadi

Alisher
26 mar 2021, 12:53
Gelzenkirxenning "Shalke" klubi forvardi Mettyu Xopp Ispaniya chempionatida talabga ega bo'lmoqda.

20 yoshli amerikalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga "Valensiya" klubi qiziqish bildirmoqda.

O'yinchi uchun shuningdek "Bavariya" ham qiziqmoqda. Germaniya chempionlari Xoppni yozgi transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Mettyu joriy mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 16ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS