Valderrama "Barselona"ni tanqid qildi

Aslanov Jasurbek
18 okt 2018, 15:15
Kolumbiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Karlos Valderrama uning hamyurti Yerri Minani sotib yuborgan "Barselona"ni tanqid qildi.

"Barselona"ni tushunmayman. Yerri Minani maydonga tushirimasang, nega uni sotib olasan? Bu xarid bilan ular nimaga erishmoqchi edi? Endi ularga himoyachi yetishmayapti" - deydi Valderrama.

Eslatib o'tamiz, Yerri Mina joriy yilning yanvar oyida 12 mln evro evaziga "Palmeyras"dan "Barselona"ga o'tgan edi. Kataloniya klubi yozda himoyachisi "Everton"ga sotib yubordi. Ushbu transfer uchun "irislar" ko'k-anorranglilarga 30,25 mln evro to'ladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: VivaBarca.net