Valdano: “Hozirgi “Barsa”ni sovrinlarga davogarlik qilishiga ko'zim yetmaydi”

“Real” klubining sobiq direktori Xorxe Valdano “Barselona”ning joriy mavsumdagi ishtiroki haqida gapirdi.

“Hozirgi “Barselona”ni na La Ligada, na Chempionlar ligasida bosh sovrin uchun kurasha oladi, deb o'ylamayman. Messi bu haqda ancha oldin gapirib, jamoa Evroturnirlarda muvaffaqiyatli qatnashishi uchun yuksak saviyada emasligini ta'kidlab o'tgandi.

Messi “Barselona”da hamma ishni bir o'zi amalga oshira olmaydi. Jamoada undan judayam ko'p narsa talab qilishmoqda”, deya Valdanoning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda El Transistor


Manba: El Transistor