Vagiz Galiulin: Rubinning yangi bosh murabbiyi menga ishonmadi

Narzulla Saydullayev
28 avg 2014, 12:19
Ufa safida to'p tepayotgan yarim himoyachi Vagiz Galiulin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
– Rubinga qarshi o'yinni o'zgacha hayajon bilan kutayapsizmi?
–Albatta maydonga tushishni istayman. 18 yoshimda Rubinga kelgandim, u mening ikkinchi uyim edi. Albatta, asosiy tarkibda maydonga tushib o'zimni ko'rsatmoqchiman.

– Jamoani qay tariqa tark etgandingiz?
– Hech qanday xafagarchilik bo'lmagandi. Aksincha, rahbariyatga minnatdorchilik bildirdim. Yangi murabbiy keldi, menga ishonmadi. Shu bois ketish to'g'ri qaror edi.

– Siz Qozon Arenada butun sektorni sotib olibsiz...

– (Kuladi). Butun sektorni emas, 15ta joyga chipta oldim. Oilam kelib meni qo'llab turadi. Ular Qozonda yashashadi. 8 yil davomida u yerda ko'plab do'stlar orttirdim. Ular ham stadionga kelishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: business-gazeta.ru