Vadim Abramov yirik hisobli g'alabadan keyin: Natijadan qoniqdim, ammo o'yindan emas

Aziz Tukhtamuradov
30 mar 2023, 08:18
Pro-liganing 3-turidan o'rin olgan “Navbahor-farm” – “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so'ng, bosh murabbiyi Vadim Abramov savollarga javob berdi.

O'yin haqida

- Bugungi uchrashuv hisobidan qoniqdim, xolos. Ammo o'yin borasida bunday deya olmayman. Shunday bo'lsada, yigitlarga yirik hisobdagi g'alaba uchun  o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Lekin o'yindan qoniqish hosil qilmadim. Gol urilganidan so'ng, shogirdlarim negadir o'yin suratini pasaytirib yuborishdi. O'z navbatida “Navbahor-farm”ning yosh va yaxshi jamoa ekanligini takidlamoqchiman.


- Mezbonlar jamoangizga munosib qarshilik ko'rsata olishdimi?

- Takidlaganimdek, maydon egalari yaxshi o'yin namoyish etib, munosib qarshilik ko'rsatishga intilishdi. Mazkur bahs bizga oson kechmadi.


- Joriy mavsumda “Dinamo”ning oldiga qanday maqsad qo'yilgan?

- Albatta, Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.


- Bu borada “Dinamo”ga qaysi jamoalar raqobat ko'rsatadi, deb hisoblaysiz?

- Menimcha, 5 ta tur bahslaridan so'ng, jamoalar  ajralib qoladi. Umuman olganda, o'tgan mavsumda Superligada qatnashgan jamoalar yuqori liga yo'lllanmasi uchun kurash olib boradi.


- Pro ligadagi jamoalar soni kam emasmi? Bu futbolchilarning o'yin amaliyotiga ta’sir o'tkazmaydimi?

- Fikringizga qo'shilaman. Albatta, o'yinlar soni kam. Shuningdek, hozircha qachon 1-davra bahslari yakunlanib, 2-davra o'yinlari qachon boshlanishini ham bilmaymiz.

Shuningdek, 5-tur uchrashuvlaridan keyin orada katta muddatli, adashmasam, 20 kunlik tanaffus yuzaga keladi, - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/FCDinamo1960