Poytaxt derbisi maqomiga ega bahsning qiziq kechishi kutilmoqda. Bu haqda "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov ham saytimizga bergan intervyusida aytib o'tdi.
- Derbi o'z nomi bilan derbi. Shunday ekan, "Paxtakor" bilan bo'ladigan o'yinimiz qiziqarli kechishiga shubha qilmayman. Muxlislarimiz ko'z o'ngida chiroyli o'yin namoyish etib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz, - deydi Vadim Abramov.
- Vadim Karlenovich, o'yinga tayyorgarlik qanday ketyapti?
- Hammasi reja bo'yicha. Ish jarayoni davom etmoqda, futbolchilar ertangi uchrashuvga tayyor.
- Tarkibda hamma sog'mi? Jarohat olganlar yo'qmi?
- Islom To'xtaxo'jaevni biroz jarohat bezovta qilmoqda. Shu bois u kechagi mashg'ulotda ishtirok etmadi. O'yingacha uning holatini nazorat qilib turamiz.
- Sizningcha, "Paxtakor" hozir qanday holatda?
- Raqib hurmatga loyiq jamoa hisoblanadi. Ular chempionlar ligasining safar o'yinlarida mag'lub bo'lishmadi. Shuningdek, ichki chempionatda ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda.
- Katta ehtimol bilan "Paxtakor" tarkibida Jamshid Iskanderov va Kaxi Maxaradze maydonga tushmasligi mumkin. Agar shunday bo'ladigan bo'lsa, bu "Loko"ga qo'shimcha plyus bo'ladimi?
- Bu haqda bir narsa deyish mushkul. Menga qolsa, "Paxtakor" bizga qarshi o'zining yetakchi o'yinchilari bilan o'ynagani maqul. Chunki Iskanderov bilan Maxaradzening imkoniyatlarini bilamiz. Shunda o'yin yanada keskin kechadi.
- Statistika shuni ko'rsatyaptiki, "Lokomotiv" o'z maydonida "Paxtakor"ni hali oliy ligada mag'lub eta olmagan. Bu sizni bezovta qiladimi va "Lokomotiv" bu ananani yo'qqa chiqarishga tayyormi?
- Bu meni bezovta qilmaydi, lekin o'yinga aloqador har qanday ma'lumot yoki statistikani bilib qo'yishning zarari yo'q. Futbolda anana har doim bir xil davom etmaydi. U qachondir buzilishi kerak. Nasib qilsa, bu safar biz g'alaba qozonamiz.