Bu haqda PFL rasmiy tvitteri xabar berdi.
Vadim Abramov: "O'zbekiston Superkubogi uchrashuvi o'tkazilishi muxlislar uchun bayram va ertaga ularga yoqadigan o'yin bo'ladi, deb umid qilaman".
Farhod Tojiev: "Muxlislar katta futbolni sog'inib qolishgan va ertaga bo'ladigan o'yin ularga maqul kelishiga harakat qilamiz. Bizda yangi jamoa shakllanmoqda va Abramov bilan ishlashda hech qanday muammoga yuzaga kelayotgani yo'q".
Vadim Abramov: "Shadrin va To'xtaxo'jaevdan qandaydir fermentlar topilganki, ularga o'ynashga ruxsat berishmayapti. Vaholanki, ular xuddi shu holatda Osiyo Chempionlar ligasida hech bir muammosiz o'ynashgan edi. Hozir shifokorlar bu masalada ustida ishlashyapti. Men shifokor emasman, lekin murabbiy sifatida ularni o'yinga tayyor deya olaman. Men kecha terma jamoada o'ynagan futbolchilarga ertangi o'yinda umid qilmayapman. Buning ustiga, shuncha vaqt biz bilan ishlagan futbolchilar o'rniga termaga chaqirilganlarni o'ynatsam, adolatsizlik bo'ladi.
Qosimov bilan munosabatlarim yaxshi, OAVdagi har xil gaplar to'g'ri emas. Men bo'lmasam ham, Qosimov bo'lmasa ham, Babayan bo'lmasa ham futbol bo'laveradi. Bu gaplar faqat OAV va muxlislarga qiziq.
Fuzaylovning o'zi qarashi, mening o'z qarashim bor. U ketganidan nimadir o'zgarganmi-yo'qmi, ertaga bilib olasiz. Superkubok – o'z nomi bilan Superkubok. Har doim ham sovrin yutish imkoni bo'lavermaydi.
Bizning sovrinlarimiz Bunyodkorchalik ko'p emas, agar ularga kerak bo'lmasa, Superkubokni olishga rozimiz. Agar xohlashsa, yozib berishsin, o'ynamasdan ham Superkubokni olaveramiz. Tarkibimizdan hech kim kyetmaydi, ular birinchi davra oxirigacha qoladi. Men meni qo'llab-quvvatlab turgan o'zbekistonliklarga rahmat aytaman. Menga qarshi bo'lganlardan ham minnatdorman. OAVda har xil bo'lmag'ur gaplarni yozishadi, lekin bazan odamlar yozuvdagidan ko'ra ko'proq narsani bilishadi. Odamlar meni qo'llab-quvvatlayotgani menga yanada ko'proq mas'uliyat yuklaydi. Buning uchun katta rahmat".
PFL matbuot xizmati.