Vadim Abramov: “Belarusda 30 yoshli futbolchini hech kim qari demaydi”

Narzulla Saydullayev
25 fev 2020, 15:26
O'zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyidagi yig'in doirasida Belarus terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi va 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

Mazkur bellashuvdan so'ng bosh murabbiy Vadim Abramov fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tashkil etilgan yig'in davomida terma jamoaga ilk bor chaqirilgan futbolchilar bilan yaqindan tanishib oldik. Yaxshi jamoaga qarshi maydonga chiqdik. Belarusning tarkibi asosan 1988 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat. Lekin, ulardagi o'yinchilarni hech kim qari demaydi. Bizda esa teskari, 30 yoshdan o'tgan futbolchilarni qariga chiqarishadi. Umuman olganda tajribali jamoaga qarshi o'ynadik va o'zimiz uchun xato va kamchiliklarni ko'rib oldik. Nima o'xshadi yoki o'xshamadi. Yarim himoya bilan bog'liq kichik muammo yuzaga keldi. “Bunyodkor”ning tayyorgarligi rejadagidek ketmoqda. Bugun “Oq-tepa”ga qarshi ohirgi nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Kayfiyat yaxshi”, - dedi mutaxassis.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia