Utkin: "Rossiyaga Ispaniya chempionati qaytdi"

Aslanov Jasurbek
18 avg 2017, 18:14
Telesharhlovchi Vasiliy Utkinning ma'lum qilishicha, "Telesport" kompaniyasi "Vkontakte" bilan bilan birgalikda Rossiya hududida Ispaniya chempionatini namoyish etadi.

"Rossiyaga Ispaniya chempionati qaytdi. "Telesport" kompaniyasi "Vkontakte" bilan birgalikda buni uddaladi. Birinchi translyatsiyalar yakshanbada! 21:15 (Toshkent vaqti bo'yicha 23:15) da "Barsa" - "Betis". 23:15 da esa "Deportivo" - "Real". Men sharhlayman.

Sevimli ishimga qaytganimdan juda xursandman. Yakshanba men uchun o'zgacha kun bo'ladi. Hali joningizga tegib ketaman" - deb yozadi Utkin "Tvitter"dagi safihasiga.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com