Vasiliy Utkin koronavirus yuqtirib oldi

Sherzod Nurmatov
26 apr 2021
Taniqli jurnalist, sharhlovchi va bloger Vasiliy Utkin koronavirus bilan kasallanganligini aytdi.

"Janoblar, men "Kovidlar klubi"ga qo'shildim. Kasallik so'z erkinligi kabi simptomlarsiz kechmoqda", – deb yozdi Utkin o'zining Twitter sahifasida.

49 yoshli Utkin ilgari "NTV-Plyus" sport kanallarining sharhlovchisi va bosh muharriri bo'lgan. Shuningdek, u "Evrosport", STS va "Perviy kanal" telekanallarida ishlagan. So'nggi yillarda o'zining YouTube kanalida "Futbolnyy klub" dasturini olib bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/radioutkin