Vasiliy Utkin JCH-2018dagi bitta o'yin uchun 90 mln so'm gonorar oldi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2018, 11:40
Telesharhlovchi Vasiliy Utkin "Birinchi kanal"da JCH-2018dagi mehnati uchun qancha pul olganini aytib berdi.

Eslatib o'tamiz, mundial startidan avval Utkin JCH-2018dan tushadigan pulni xayriya fondiga o'tkazishini ma'lum qilgan edi.

Utkin Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi guruh bosqichining 1-tur uchrashuvini (3:3) sharhladi, shundan so'ng "Birinchi kanal" u bilan hamkorlikni to'xtatdi.

"Jahon chempionati uchun "Birinchi kanal"dan pul tushdi. Bu qanchaligiga qiziqdim. O'z vatanimda o'tadigan mundialni sharhlashni so'rashga ulgurmasimdan taklif yuborishdi.

Kutilganidan kamroq o'yin sharhladim. Bitta bahs. Bu mening chempionatim bo'ldi. Bitta uchrashuv. 783 ming rubl (90 mln. 99 ming 810 so'm - rasmiy kurs bo'yicha).

Kimgadir bitta reportaj uchun ko'proq to'lashsa ayting. Jon Snou kabi tizzalarimni egaman. Undan ham a'loroq qilib. Hozircha bu raqamda kamchilik bor. Sonlar chiroyli emas. Men ko'proq ter to'kmoqchi edim. Ha, "YouTube"da ham biroz pul ishladim. Hammasini hisoblasak millionga etadi. Hafta oxirigacha pullar yuboriladi" - deydi Utkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com