

Avvalroq "qaldirg'ochlar" a'zosi ikkinchi davrani "Surxon"da boshlashi mumkinligi haqida xabar berilgandi.
Futbolchining o'zi ushbu masalaga oydinlik kiritdi.
"Bunyodkor"ni tark etganim yo'q. Ikkinchi davrada ham klubda qolib, yaxshi natijalarga erishishni xohlayman", - dedi Ismonaliev.
Eslatib o'tamiz, hujumchi birinchi davrada 12 o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.



