Usmonali Ismonaliev: “Paxtakor”ga qarshi faqat g'alaba uchun maydonga tushamiz”

Mirjalol Normatov
10 noya 2022, 20:34
Superliganing 25-turida “Bunyodkor” safarda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'ynadi 1:0 hisobida zafar quchdi. O'yindan keyin toshkentliklar a'zosi Usmonali Ismonaliev fikrlariga quloq tutdik.

“Qiyin o'yinda g'alaba qozondik. Ammo oson bo'lmadi. Oxirgi daqiqalarda gol urdik. O'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajardik.  Futbolchilar g'alaba qozonish uchun ishonchi yuqori edi. Oxirgi daqiqalarga qadar kurashdik va maqsadga erishdik. 

Oxirgi o'ynimiz “Paxtakor”ga qarshi kechadi. Bu o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Maqsadimiz faqat g'alaba hisoblanadi. Ishonamanki, mavsumni g'alaba bilan yakunlaymiz. 

Mavsum yakunlanaversin. Kelajagim borasida keyinchalik bir qarorga kelaman”, - deb so'zini yakunladi Ismonaliev.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia