Urugvay - Janubiy Koreya uchrashuvida birorta aniq zarba berilmadi

Mirjalol Normatov
24 noya 2022, 20:44
FIFA statistikalariga ko'ra, Urugvay va Janubiy Koreya uchrashuvida birorta aniq zarba yo'llanmadi.

Bahs davomida janubiy amerikaliklar darvoza tomon 10, osiyoliklar esa 6 bora zarba berishgan. Aniq zarbalar bo'yicha hisob - 0:0.

"Gracenote Sports" ma'lumotiga ko'ra, XXI asr jahon chempionatlarida hali bunday hodisa kuzatilmagandi.

O'z navbatida boshqa sayt statistikalarida ham aniq zarbalar bo'yicha hisob 0:0ni tashkil qilgan. Qayd etish kerak, darvoza ustuni yoki to'siniga tekkan zarbalar aniq zarba hisoblanmaydi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: fifa.com