"Uotford" Bergkampning o'g'li bilan shartnoma imzoladi. Jamoada allaqachon Uayz va Pochettinoning farzandi bor

1 fev 2021, 20:08
Joriy mavsum chempionshipda ishtirok etayotgan "Uotford" jamoasi "Arsenal"ning sobiq hujumchisi Dennis Berkgampning o'g'li Mitchell Bergkamp bilan shartnoma imzoladi.

22 yoshli futbolchi ilan 6 oyga amal qiladigan bitim tuzildi. "Uchmas golland"ning farzandi 9 yildan beri Niderlandiyaning "Almere Siti" jamoasi tizimida faoliyat yuritayotgan edi.

Ma'lumot uchun, "Uotford" kecha "Tottenxem" safida o'ynayotgan kichik Maurisio Pochettino bilan shartnoma imzolagan edi. Shuningdek, jamoa tarkibida "Chelsi"ning sobiq futbolchisi Dennis Uayzning o'g'li Genri Uayz ham to'p tepyapti.

O'xshash yangiliklar


Manba: London Evening Standard