Unai Emeri: “O'yin ustidan nazoratni yo'qotdik”

“Arsenal” ustozi “Ayntraxt F”ga qarshi bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bugun bizning kunimiz emasdi. Ammo Yevropa Ligasining joriy mavsumida ko'p o'yinlarni o'z foydamizga hal eta oldik. Endigi maqsadimiz - “Standard”ni yutib, pley-offga birinchi o'rin bilan chiqish. Yana o'zimizga bo'lgan ishonchni qaytarmoqchimiz. Bugun o'yin ustidan nazoratni yo'qotdik”, - deydi Emeri.


Manba: BBC Sport