Umid Ahmadjonov "Ayaks" futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechiradi

Narzulla Saydullayev
18 may 2018, 15:32
O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vice-prezidenti Umid Ahmadjonov ayni paytda Doxa shahrida bo'lib turibdi.

Qatardagi safar yakuniga etgach, Umid Ahmadjonov Gollandiyaning Amstyerdam shahriga yo'l olishi rejalashtirilgan. U yerda dunyodagi eng kuchli akademiyalardan yana biri bo'lgan "Ayaks" futbol klubi akademiyasini ko'zdan kechirib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, "Ayaks" futbol klubi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qiliniib, o'zaro hamkorlik qilish, gollandiyalik mutaxassislarni yurtimizga jalb qilish masalalari bo'yicha muzokaralar o'tkaziladi.

Shuningdek, Amstyerdamda Gollandiya Qirolligi futbol uyushmasi prezidenti bilan ham uchrashuv bo'lib o'tadi. Uchrashuvda o'zbekistonlik yosh futbolchilarni Gollandiyaning kuchli klublariga jalb qilish, shu orqali futbolchilarimizning Yevropaga chiqishiga yo'l ochish, Milliy terma jamoalarimizga Yevropa futbolida chiniqqan kuchli nomzodlarni tayyorlash masalalari muhokama qilinadi, - deb xabar bermoqda O'FA rasmiy sayti

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia