

Xabaringiz bor, "Ordabasi" a'zosi Shahboz Umarov "Jetisu" bilan bahsda ikkinchi golini urdi va 70 daqiqa maydonda harakat qilib, jamoasi ishonchli hisobda g'alaba qozonishida katta hissa qo'shdi.
"Tobol" hujumchisi Igor Sergeev esa "Shaxtyor" bilan bahsda dubl qayd etib, munosib ravishda ramziy jamoadan joy oldi. O'zbekiston termasi forvardining birinchi to'pi Qozog'iston Premer-ligasidagi yubiley 20-gol bo'ldi.




