

"Navbahor" tarkibida Oston O'runov, Jamshid Iskanderov kabi ijrochilar bo'lishiga qaramay maydon egalari imkoniyat qoldirishgani yo'q. Ayniqsa Umar Adhamzoda Oston O'runovning erkin harakat qilishiga yo'l qo'ymadi va yakunda u saytimiz tomonidan tur ramziy terma jamoasiga loyiq ko'rildi.
- "Navbahor" bilan uchrashuv haqida?
- Vodiy derbisi o'z nomiga yarasha o'tdi, deya olaman. Jamoalar, muxlislar zerikib qolishmadi. Vaziyatlarga boy o'tdi. Kurash ham etarlicha edi. Fikrimcha, "Neftchi" g'alabaga haqli o'yin ko'rsatdi.
- Shu kuni Oston O'runovga hech qanday imkoniyat qoldirmadingiz. Bu personal o'ynash topshirig'imi yoki Oston O'runovni shaxsan o'zingiz ham o'rgandingizmi?
- Personal o'ynadim demagan bo'lardim. Har bir futbolchi o'z poziciyasidagi futbolchilarni tahlil qilib chiqadi, kuchli va kuchsiz tomonlarini o'rganadi. Xuddi shunday men ham. Oston O'runovning harakatlarini ko'rib chiqqandim.

- "Neftchi"da duranglar ko'p bo'lyapti. 1 ochko jamoani qoniqtiryaptimi?
- To'g'ri durang ko'p o'ynamoqdamiz. Lekin mag'lubiyatga uchragandan ko'ra 1 ochko yaxshiroq.
- O'tgan yili "Neftchi" "Nasaf"ni chempionlik poygasidan chiqarib yuborgandi. Bu safar nima kutish mumkin?
- Qarshida ajoyib g'alabaga erishgandik. Birinchi davrani mag'lubiyatsiz yakunlashimiz uchun "Nasaf"ni yutishimiz shart. Tanaffusga g'alaba kayfiyatida chiqib kyetishni istaymiz. O'ylaymanki, muxlislarni xursand qila olamiz.
Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi



