Ulug'bek Baqoev: "So'nggi o'n ikki kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik. Yigitlar bor kuchlari bilan harakat qilishdi"

Administrator
6 iyul 2022, 01:20
Coca Cola Superligasining 13-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" – "Qizilqum" qoldirilgan uchrashuvidan (0:3) so'ng o'tkazilgan matbuot anjumanida "So'g'diyona" bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev qatnashdi.


- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Nima deyishim mumkin. O'yin boshidanoq barchasi teskari ketdi. Bu futbol.  Biz so'nggi o'n ikki kun ichida to'rtta o'yin o'tkazdik. Yigitlarim bor kuchlari bilan harakat qilishdi. Ularga rahmat aytaman. Muxlislar qiyin paytda ham futbolchilarni qo'llab-quvvatlashlarini so'rardim. Sababi, futbol faqat g'alabadan iborat emas.. Hali hech narsa yo'qotilgani yo'q. Oldimizda ikkinchi davra bor. Raqibni g'alab bilan tabriklayman.

- Jasur Hasanov nega asosiy tarkibda maydonga tushirilmadi?

- Luka Chermal kasalxonaga tushib qoldi. Unining ko'richagi olib tashlandi. Jasur Hasanovga esa ketma-ket uchta o'yindan so'ng dam bermoqchi edim. Jasurni ham tushunish kerak, u temirdan emas. 

- Shoxruz Norxonovni zaxiraga olayotgan paytingiz u biroz etiroz bildirdi..

- Bu emociya natijasida bo'ldi. Bo'lib turadi. Hech qanday ortiqcha narsa bo'lmadi. U ham qisqa muddat ichida uchta o'yinda maydonga tushgandi. Shu sabab ham uni zaxiraga oldim. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia