Ulug'bek Baqoev: "Abramov kelgach "Dinamo" o'yini o'zgaribdi"

Narzulla Saydullayev
11 avg 2022, 21:37
Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "So'g'diyona" (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Vadim Abramov "Dinamo"ga kelgach ruhiy ko'tarilish paydo bo'lgandek tuyuldi. Bu menimcha yangi bosh murabbiy tufayli bo'ldi. Raqib futbolchilari ishonchli o'ynashdi va hatto tezkor gol urishdi. Bizga ikki karra qiyin bo'ldi, shu bois o'ylashimcha "Dinamo" yaxshi o'ynadi. Biz ham yaxshi harakat qildik va uchrashuv so'nggida g'alabani ilib ketdik. Yigitlarni g'alaba bilan tabriklayman. "Dinamo"ga keyingi o'yinlarda omad tilayman", - dedi Baqoev.

- Norxonov, Hasanov va Salomov bahsni zaxirada boshlashdi. Bunga nima sabab bo'ldi?
- Norxonov yaqindagina jarohatidan qutuldi. Salomov va Hasanov esa rotaciya tufayli zaxirada qolishdi. Barchaga birdek yuklama berishni maqsad qilganmiz. Keyingi o'yinimiz OFK kubogi doirasida bo'ladi, shu bois ularga biroz dam berdik. Bu futbolchilar ikkinchi taymda zaxiradan maydonga tushib o'yinni kuchaytirib berishdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia