Ulug'bek Bakaev: "Maqsadimiz - Superligada jon saqlab qolish"

Aslanov Jasurbek
5 avg 2023
"Buxoro" - "Qizilqum" o'yinidan (1:0) so'ng mezbon jamoa ustozi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Ulug'bek Bakaev: "Ketma-ket mag'lubiyatlardan so'ng jamoa tushkun ruhiy holatda edi. So'nggi ikki bahsda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborgandik. Bugungi uchrashuv uchun yigitlarga rahmat aytaman. Ushbu o'yin avvalgilaridek chiroyli bo'lmasada, g'alabaga erishdik. 3 kun avval Kubok bahsida ishtirok etdik, jismoniy holat bo'yicha raqib ustunroq edi. Bo'shashganimiz yo'q. Maqsadimiz - Superligada jon saqlab qolish".

- Stanisavlevich va Xolto'raevlarni almashtirdingiz...

- Yaqindagina Kubok o'yinida ishtirok etdik, Stanisavlevichning jismoniy holatida muammo bo'lgani uchun uning o'rniga Xumoyunni tushirdik va to'g'ri qilibmiz. Bu taktik o'zgartirish edi.

- Bugungi bahsda ishtirok etgan yigitlaringizga necha baho qo'ygan bo'lardingiz?

- Hozir baho qo'yish... Bugun natija muhim. Chunki jamoa tushkun holatda, so'nggi ikki bahsning so'nggi daqiqalarida gol qo'yib yuborgandi. Bugun darvozamizni "quruq" saqlab, g'alaba qozonishni maqsad qilgadik. Vazifa uddalandi.

- Ikich haqida fikringiz?

- Yuqori darajali futbolchiligi ko'rinib turibdi. Jamoa nolga o'ynadimi, demak u yaxshi harakat qildi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia