Ukrainalik ikki futbolchi urushda halok bo'ldi

Оқил Абдубарноев
2 mar 2022
Xalqaro professional futbolchilar federatsiyasi (FIFPRO) Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti natijasida ikki ukrainalik futbolchi halok bo'lganini e'lon qildi.

Vitaliy Sapilo (21) va Dmitriy Martinenko (25) halok bo'ldi. Sapilo "Karpati"ning yoshlar jamoasida to'p surgan va klub tomonidan e'lon qilinishicha, o'tgan juma kuni vafot etgan.

"Gostomel" klubi sharafini himoya qilgan Martinenko o'zi istiqomat qiladigan binoga bomba tushgani oqibatida halok bo'lgan.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: FIFPRO

O'xshash yangiliklar