Ukraina prezidenti Shevchenkoni o'ziga maslahatchi etib tayinladi

Sherzod Nurmatov
29 sen 2023, 14:01
Vladimir Zelenskiy farmoni bilan Ukraina terma jamoasi sobiq futbolchisi va murabbiyi Andrey Shevchenkoni prezidentning mustaqil maslahatchisi bo'ldi.

"Andrey Nikolaevich Shevchenko Ukraina prezidentining (davlatdan tashqari) maslahatchisi etib tayinlansin", – deyiladi Zelenskiy idorasi saytida e'lon qilingan farmonda.

Shevchenko 2016 yilning iyulidan 2021 yilning avgustigacha Ukraina terma jamoasiga ustozlik qilgan. Bungacha u Kievning "Dinamo", Italiyaning "Milan" va Angliyaning "Chelsi" klublarida hujumchi sifatida to'p tepgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: eadaily.com