Uilyams bir shart bilan Arsenalga o'tishga rozi

Khoja
5 apr 2025, 09:42
Atletikning hujumkor futbolchisi Niko Uilyams Arsenalga o'tishga tayyor.

22 yoshli futbolchi bir shart bilan London jamoasiga o'tishga rozilik bergan. Agar to'pchilar 22 yoshli futbolchining oyligini 2 yarim baravarga oshirishga tayyor bo'lsa, Niko yozda Arsenalga o'tishga rozi. Ayni vaqtda futbolchining Atletikdagi haftalik maoshi 100 ming funtni tashkil qiladi.

Niko Uilyams joriy mavsum 38 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 9 ta gol va 7 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com