Uilfrid Zaa kelajagi bo'yicha yil oxirida qaror chiqaradi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2022
Kot-d'Ivuarlik futbolchi mavsum oxirida "Kristal Pelas" egallaydigan o'ringa qarab kelajagini belgilashini ma'lum qildi.

Bu uning joriy klubi bilan shartnomani uzaytirish yo uzaytirmasligini aniqlab beradi. Bu xabar Londonning "Chelsi" va "Arsenal" klublarini quvontirib yuborgan bo'lsa, ne ajab. 

29 yoshli o'yinchining shartnomasi mavsum so'ngida nihoyasiga etadi va shuning uchun u yanvar oyidayoq boshqa klublar bilan muzokaralarni boshlab yuborishi mumkin. "Pelas" esa uni yozda tekindan tekinga yo'qotib qo'ymaslik uchun kurashadi. London klublari "Manchester Yunayted" sobiq vingeri bilan aloqaga chiqishgan va futbolchini mamlakat poytaxtini kesib o'tishga ko'ndirishga ishonishmoqda. 

"Burgutlar" Zaaga yangi bitim taklif qilgan, biroq hozircha u qog'ozga tushirilganicha yo'q. Afrikalik futbolchi ayni paytda haftasiga 130 ming funt ishlab topmoqda va yangi kelishuv shartlari biroz yaxshilangan bo'lishi va uni uzoq muddat jamoada saqlab qolishi kerak. 

Zaa boshqa klublarning takliflaridan xabari bor va o'zining yakunlanmay qolgan yuqori darajali jamoalarda o'ynay olishini isbotlash imkoniga ega bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Sun