Ugu Almeyda Kubanga ko'chib o'tdi

Narzulla Saydullayev
29 yanv 2015
Kuban portugaliyalik hujumchi Ugu Almeydani o'z safiga qo'shib oldi.
Futbolchi Rossiya klubi bilan 2015 yil yoziga qadar shartnoma tuzdi. Agar u o'zi istasa kelishuvni yana bir yilga uzaytiradi.

Kecha kechqurun 30 yoshli futbolchi yangi klubi safidagi ilk mashg'ulotini o'tkazdi.

Eslatib o'tamiz, oldinroq portugaliyalik futbolchi Chezena bilan shartnomani bekor qilgandi.

Italiya A seriyasining 10ta o'yinida Ugu Almeyda 1ta golli pas berdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru