Ugo Loris: "Keyn – ideal namuna"

Tolibjon Qosimov
31 okt 2017, 20:58
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris jamoadagi sherigi Xarri Keynning o'yini haqida gapirib o'tdi.


"U jangchi va mexnatkash. U menga o'xshaydi. Keynga o'ziga chaqiruv tashlash yoqadi. Shu sabab u juda ham ambiciali. Xarri har doim gol urishni xohlaydi. Gol ursa, buni yana bajarishni istayveradi.

Keynga jamoani etaklash haqida gapirish shart emas. U buni o'z misolida bajaradi. Yoshlar mana shunday o'yinchidan namuna olishlari kerak.

Yetakchi o'zini maydonda, mashg'ulotda, o'yinda va trenajyerda ko'rsatadi. Faqat shundan keyingina sen ovozingni ishlatishing mumkin. Keyn – ideal misol. Agar Xarri mashg'ulotdan keyin qolishi kerak bo'lsa, qooladi va ishidan rohat oladi.

Futbol juda tez rivojlanmoqda. Og'ir mexnatsiz yaxshi o'ynash mumkin emas", - dedi Loris.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: as.com