UFF terma jamoa bosh murabbiyi borasida bayonot berdi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2017, 15:18
Ukraina futbol federatsiyasi Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Andrey Shevchenko va uning murabbiylar shtabini iste'foga chiqarmoqchi emas.

Shevchenko o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish uchun joriy yilning noyabr oyida jamoani yig'adi. Ayni damda uning o'rniga boshqa nomzodlar ko'rib chiqilmayapti.

2016 yilda Shevchenko Ukraina futbol federatsiyasi bilan "2+2" sxemasida shartnoma imzolagan edi. Ukraina terma jamoasi uning qo'l ostida JCH-2018 saralash guruhida 3-o'rinni egalladi va xatto pley-off o'yinlarida ishtirok etish huquqini qo'lga kirita olmadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Футбол 24