

"Manchester Evening News"ning ma'lum qilishicha, faoliyatini yakunlaganidan keyin futbolchi klub vakiliga aylanadi. Ueyn MYUning elchilaridan biri bo'ladi. Manbaning keltirishicha, bunday kelishuv 2014 yildayoq tuzilgan.
Tomonlar o'zaro jentlmenlarcha kelishishgan. Hozir MYU elchilari orasida Aleks Fergyuson, Brayan Robson va Dennis Lou kabi mashxur nomlar bor.




