Uelbek jarohat tufayli EVRO-2016ni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
10 may 2016, 16:48
"Arsenal" va Angiya terma jamoasi hujumchisi Denni Uelbek "Manchester Siti"ga qarshi bahsda (2:2) olgan jarohati tufayli Yevropa chempionatini o'tkazib yuboradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, 25 yoshli futbolchi 3 oydan 5 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin.

Denni joriy mavsumda Premer*liganing 11 uchrashuvida maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal