UEFA "Yuventus"ni evrokuboklardan chetlatishi mumkin

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2023, 16:12
UEFA kelajakda "Yuventus"ni evrokuboklardan chetlatishi ehtimoli katta.

Bir necha kun avval A Seriyada "Yuventsu"dan 15 ochko olib tashlandi. Bunga sabab klubdagi moliyaviy firibgarliklardir.

Ma'lumotlarga ko'ra, UEFA futbolchilarga maosh to'lashdagi firibgarliklar uchun "Yuventsu"ni evrokuboklardan chetlatishi mumkin ekan. Biroq bu qoidabuzarliklar isbotlanishi zarur. UEFA jamoadagi moliyaviy vaziyatni ko'rib chiqishga kirishgan.

2021 yilda "Yuventus" moliyviy feyr-pleyga amal qilmagani uchun 3,5 mln. evro jarima to'lagan edi. Agar "Yuve" yaqin uch yillikda boshqa moliyaviy qoidabuzarliklar qayd etgan bo'lsa jarima 23 mln. evrogacha etadi.

"Yuventus" evrokuboklarga yo'llanma olsagina ushbu "ban" kuchga kiradi. Agar "Yuve" A Seriyada TOP-7ga kira olmasa, ushbu jazo "keksa sinora" evrokubokda ishtirok etishga "chipta" olgandagina amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport