UEFA yirik klublarning bosimi tufayli Chempionlar ligasi formatini o'zgartirishi mumkin

Aslanov Jasurbek
9 avg 2016, 16:20
UEFA 2018 yildan Chempionlar ligasining formatini o'zgartirish haqida o'ylamoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ittifoq koefficientlar jadvalidan qatiy nazar Angliya, Germaniya, Italiya va Ispaniya chempionatlariga kafolatlangan to'rtta joy ajratishi mumkin. Zaxira varianti ham bor: Kafolatlangan joylar yetakchi chempionatlar sovrindorlariga tegadi, katta tarixga ega jamoalar esa maxsus taklifnoma bilan turnirda ishtirok etishadi.

Bu g'oyani "Bavariya" boshqaruv qo'mitasi raisi Karl-Xaync Rummenigge olg'a surmoqda. Uning fikricha, bu turnir "Inter" va "Milan"siz o'z jozibasini yo'qotmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport